Chiroqchi tumanida istiqomat qiluvchi Yaxshiboyev Xurram ota uzoq yillardan buyon ikki oyog‘idagi varikoz tomirlarining kengayishi sabab yurishda qiyinchilikka duch kelib kelayotgan edi. Jarrohlik amaliyoti o‘tkazish uchun esa imkoniyati cheklangan edi.
Ramazon oyida ehtiyojmand bemorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Ramazon tuhfasi” xayriya tashabbusi doirasida Xurram otaga yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.
Malakali shifokorlar tomonidan amalga oshirilgan operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi va bemorning sog‘ligi tiklanishiga erishildi.
Xurram ota o‘z salomatligini tiklashga yordam bergan shifokorlar hamda ushbu ezgu tashabbus tashkilotchilariga samimiy minnatdorchilik bildirdi.
Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati


