Yangi tartibga ko’ra:

falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) imtihonlari;

o’rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining (shu jumladan, Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlarining) test sinovlari, “Temurbeklar maktabi” hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari;

OTMlar bazasidagi harbiy kafedralarga qabul qilishdagi saralash tanlovlarining umumjismoniy tayyorgarlikni baholash va chaqiriqqacha boshlang’ich tayyorgarlik dasturi bo’yicha bilim darajasini baholash bosqichlari jonli efirga uzatiladi.

Sog’liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.