Qozog’istonning Ostona shahrida bo’lib o’tgan Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti Evropa mintaqaviy qo’mitasining 73-sessiyasida mikroblarga qarshi kurashishga doir “yo’l xaritasi” qabul qilindi.

Qozog’istonning Ostona shahrida bo’lib o’tgan Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti Evropa mintaqaviy qo’mitasining 73-sessiyasida mikroblarga qarshi kurashishga doir “yo’l xaritasi” qabul qilindi.

Hujjat mintaqada antibiotiklardan norasional foydalanish masalalarini hal qilishga qaratilgan.

JSST ekspertlari hisob-kitoblariga ko’ra, dori-darmonlarni noto’g’ri qo’llash oqibatida birgina Evropa Ittifoqi mamlakatlarida bir milliondan ortiq kishi hayotdan ko’z yumgan. Ularning katta qismi zarur ehtiyojlarsiz antibiotiklarni qabul qilish asoratlari tufayli vafot etgani aytiladi.

Yangi qabul qilingan “yo’l xaritasi” kelgusi 8 yilga mo’ljallangan. Undan mikroblarga qarshi kurash bilan bog’liq muammoni ilmiy asoslangan samarali yo’llar bilan hal etishga doir qator chora-tadbirlar o’rin olgan.

Eslatib o’tamiz, avvalroq JSST agar antibiotiklardan foydalanish tartibga solinmasa, 2050 yilga borib yiliga 10 millionga yaqin odam vafot etishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.

Sog’liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.