Vazir muassasaning bolalar bo’limida bemor o’g’il-qizlarga sovg’alar ulashib, ularning ota-onalari bilan suhbatlashdi, yaratilgan sharoitlar va bu boradagi muammolar bilan qiziqdi.

Vazir muassasaning bolalar bo’limida bemor o’g’il-qizlarga sovg’alar ulashib, ularning ota-onalari bilan suhbatlashdi, yaratilgan sharoitlar va bu boradagi muammolar bilan qiziqdi.

Bunday muloqot filialning kimyo-terapiya bo’limida ham o’tkazildi. Ko’rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifat va samaradorligini oshirish, dori-darmonlar ta’minotini yaxshilash yuzasidan mas’ullarga zarur ko’rsatmalar berildi.

O’z navbatida, bu erda qurilishi ko’zda tutilayotgan bino-inshootlar bo’yicha ham tavsiyalar aytildi.

Shuningdek, vazir Qashqadaryo viloyatining chekka va olis hududlarida joylashgan qator tibbiyot muassasalari faoliyati bilan bog’liq muammolarni joyida o’rganib, ularning tezkor echimini topish choralarini ko’rmoqda.

Sog’liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.